Urganch hokimligi yerini berish komissiyasi mansabdorlari, xususan, qurilish bo‘limi sobiq boshlig‘iga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Ular 1,5 ga ekin maydonini savdo shoxobchasi qurish uchun ajratib bergan. Shuningdek, 15 ming kv. m. qishloq xo‘jaligi yerida turar joy qurishga ruxsat berib, 756 mln so‘m zarar yetkazgan.
Angor tumanida tadbirkor 3,10 gektar sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi maydonida qurilish ishlari olib borgani aniqlandi. Bu orqali tadbirkor qishloq xo‘jaligi yeri foydalanishdan chiqishiga sabab bo‘lgani va davlat manfaatlariga 3,1 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aytilmoqda.
Adliya vaziri prezident farmoni bilan hokimlarning yer ajratishiga taqiq qo‘yilgan davrda Toshkent viloyatida 781 gektar yer tadbirkorga vaqtincha biriktirib berilganini ma’lum qilgandi. Viloyat hokimligi esa bunga munosabat bildirib, yer ajratish qonuniy bo‘lganini aytdi. Jurnalistning hokimlik vazirni noto‘g‘ri gapirganlikda ayblagani haqidagi savoliga javob berar ekan, Ruslanbek Davletov shunday dedi: «Men endi borib do‘pposlamayman-ku. Gapiraversin, shuning uchun ham sudda gaplashamiz».
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting